NRG Mirzo Ulugbek

Falak marvarid misol yulduzlar bilan bezatilgan. Ul yulduzlar yuqoriligiga qarab yorug'lik taratur!

Mirzo Ulug'bek

Oliy toifadagi turar joy majmuasi, buyuk olimga yuksak ehtirom

Buyuk olim, astronom, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekka yuksak ehtirom ko‘rsatgan holda, ushbu turar joy maskanida buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lgan farzandlar – bo‘lajak olimu fuzalolar dunyoga kelib, shu maskanda ulg‘ayishini chin dildan orzu qilib, biz majmuani uning nomi bilan atadik.

2.5ga

Qurilish
maydoni

4, 9 va 12

Qavatli
uylar

14ta

kirish
joylari

NRG Mirzo Ulugbek

Qulay joylashuv

Mirzo Ulug‘bek turar joy majmuasi juda ham qulay manzilda joylashgan. Rivojlangan infratuzilmasi sabab barcha zarur muassasalar majmuaga yaqin masofada joylashgan.

8

ta bolalar
bog‘chasi

5

ta maktab

6

ta tibbiyot
muassasasi

2

ta OTM

4

ta sport majmua

2

ta istirohat bog'i

Hayratga soluvchi dizayn va arxitektura

Mirzo Ulug‘bek turar joy majmuasining vizual qiyofasi nafis ranglar yechimi va haqiqiy geometrik shakllarga boyligi bilan ajralib turadi. Turar joy majmuasining yuqori darajadagi shinamligi asosida eng so‘nggi sanoat standartlariga javob beradigan ishonchli texnik va muhandislik yechimlari yotadi.

  • Tasvirli oynalar
  • Keng energiya tejovchi oynalar
  • Bezakli suvoq

Hovli afzalliklari

Bolalarning shinam hordiq chiqarishlari uchun zamonaviy bolalar maydonchalari ko‘zda tutilgan. Ko‘kalamzorlashtirish, avtomobillardan holi hovli, o‘yin zonalari va hovlining puxta o‘ylangan yoritish tizimlarining noyob konsepsiyasi sabab, hovli maroqli hordiq chiqarish uchun shinamgina maskanga aylanadi. Bundan tashqari, turar joy majmuasi o‘zida kecha-yu kunduz videokuzatuv tizimi, aravachalar uchun yo‘lakchalar, va sport maydonchalari mujassam etadi.

  • Jonli yam-yashil hudud
  • Bolalar maydonchalari
  • Aravachalari bor onalar uchun yo‘lakchalar
  • Hordiq zonalari
  • Sport maydonchalari
  • Ochiq havodagi sport jihozlari
  • Quruq favvora
  • Kecha-yu kunduz qo‘riqlash xizmati
  • City house'lar

City House - o'z hovlisiga ega xonadon

Shaxsiy hududni sevuvchilar uchun maxsus taklif - City House ham tayyorlangan. Ya’ni, mehmonxonadan osongina chiqish mumkin bo‘lgan o‘zingizning shaxsiy hovlichangiz. Yam-yashil maysazor do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan uchrashuv joyi sifatida xizmat qilishi mumkin. Hududda o‘yin, barbekyu va xususiy yopiq bog‘ uchun joylar yetarli.

Avtomobillarsiz hovli

Qulaylikning muhim jihati - avtoulovsiz hovlidir. Biz xavfsizlik va osoyishtalikka kafolat beramiz: bunday hovlida toza havoda sayr qilishda sizga hech narsa xalaqit qilmaydi.

Past sathdagi kirish joyi

Kirish yo‘lagini rejalashtirish zinapoyalar pochasi va keskin ko‘tarilishlardan saqlangan holda amalga oshirilgan, bu esa nogironlar aravachalari, bolalar aravachalari bor aholi va keksa avlod haqida qayg‘urish - kelajakka sharqona nazar bilan boqishni anglatadi.

Ikki yoqlama ochiq kirish joylari

Juda qulay ergonomik tizimga ega bo‘lgan ikki yoqlama ochiq kirish joylari uyga ham hovli tomondan, ham ko‘chadan kirishga imkon beradi, bu esa vaqtingizni tejaydi.

Mirzo Ulug‘bek turar joy majmuasining barcha talab va so‘rovlaringizga javob beradigan rejalashtirish yechimlarining keng tanlovi. Loyiha arxitektorlari tomonidan xonalarning qulayligi puxta o‘ylangan bo‘lib, barcha rejalashtirishlar mebel jihozlarining o‘lchamlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va xonaning har bir qismidan unumli foydalanish imkonini beradi.

Qanday qiyin bo‘lmasin, kuch yetadi, mening g‘oyam yuksak, hech narsa mening yo‘limni to‘sa olmaydi.

Oybek / Muso Toshmuhamedov

Xoll uchun dizayn yondoshuv

Turar joy majmuasining asosiy kirish qismi, xoll va umumiy foydalanish joylarida qulay navigatsiya tizimiga ega farovon hayotning barcha zamonaviy talablari bo‘yicha mualliflik dizaynlari ishlab chiqilgan.

Aravachalar xonasi

Turar joy majmuasi aholisiga qulaylik yaratish maqsadida binolarning birinchi qavatida bolalar aravachalari, samokatlarni saqlashga mo‘ljallangan aravachalar xonasi barpo etilgan.

Shaxsiy omborxonalar

Har bir burchakdan unumli foydalanish uchun, Mirzo Ulug‘bek turar joy majmuasida shaxsiy omborxonalar uchun alohida joylar ajratilgan. Bu kabi xonalar binoning quyi qavatida joylashgan bo‘lib, u yerda xonadonda kerakli joyni band qilib turgan buyumlarni saqlash mumkin.

Yer usti avtoturargoh

Barcha avtomobillar uchun joy yetarli! Axir Mirzo Ulug‘bek turar joy majmuasida avtomobillar himoyasi uchun maxsus soyabonlarga ega keng yer usti avtoturargohi mavjud.

Yer osti avtoturargoh

Yer osti avtoturargoh – bu siz uchun qulaylik darajasi va har qanday obhavo sharoitida hamda istalgan vaqtda avtomobilingiz uchun xavfsizlik garovidir. Shu bilan birga, avtoturargohda nafaqat atomobillar uchun joylar, balki mototsikl va velosipedlar uchun ham joylar ko‘zda tutilgan.

Kalitsiz kirish

Ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash - kelajakka yangi qadamdir. Aholi turarjoy majmuasi kirish joylariga smartfon yordamida kirishlari mumkin: yaqinlashishingiz bilan eshikning o‘zi ochiladi.

IP-domofon

Xavfsizlik va videokuzatuv - bu biznes-klass turarjoy majmuaning tabiiy alomatlaridir: sizning dam olishingizga va qulay yashashingizga hech narsa xalaqit bermaydi.

Avtoturargohda “aqlli” yoritish

Bizning xizmatlarimiz, avtomobilingiz turgan joyga tomon yorug‘lik yo‘lagini yaratish orqali sizga yorug‘likni ssenariy bo‘yicha boshqarishni sozlashga imkon beradi.

Tijorat binolari

Mirzo Ulug‘bek turar joy majmuasi tijorat faoliyatini rivojlantirish uchun ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etadi. Ko‘p tarmoqli rejalashtirish va keng logistik imkoniyatlar – tashrif buyuruvchilar uchun ob’ektlarni yanada fayzli qiladi va biznesingizning iqtisodiy samaradorligini ta’minlaydi.

Qayta qo‘ng‘iroqqa
buyurtma qilish

Baxt quramiz

Murad Buildings - qurilish sohasida 17 yillik tajribaga ega bo‘lgan yetakchi va tez rivojlanayotgan qurilish kompaniyalaridan biridir. Biz innovatsion dizayn, rejalashtirishga oqilona yondashuv va yuqori sifatli qurilish bilan ajralib turuvchi noyob turar joy majmualarini yaratamiz.

BI Group - 26 yil ichida 5 million kvadrat metrdan ortiq turar joy, tijorat ko‘chmas mulki, yo‘llar, infratuzilma va ishlab chiqarish obyektlari, 150 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan Qozog‘istondagi eng yirik qurilish kompaniyasidir.


Soha yetakchi kompaniyalarining o‘zaro hamkorligi barqaror professional aloqalarni shakllantirishga turtki bo‘lib, ikki mamlakatning me’moriy va qurilish sohalarini rivojlantirish uchun harakatlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga imkon beradi.
Murad Buildings va BI Group ko‘p jihatdan juda o‘xshashdir: biz Yevropa qadriyatlari va biznesni tashkil etish tamoyillari bilan bo‘lishamiz, biz tez rivojlanayapmiz va qurilish sohasining yetakchisiga aylanmoqdamiz, korporativ madaniyatning yuqori standartlarini yaratmoqdamiz, kuchli jamoaviy ruhni saqlaymiz va ijtimoiy mas’uliyatga alohida e’tibor beramiz.
NRG loyihasi kelajakka qadamdir, ikki kompaniyaning va umuman O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faol rivojlanish ijobiy dinamikasining debochasidir.

NRG Mirzo Ulugbek

Zabardastlar
yaxlitligi

NRG - bu yangi to‘lqin. Kelajakka nazar, peshvoz qadam, innovatsiya maydonidir. Qozog‘iston va O‘zbekistonning qardosh xalqlari do‘stligi, birligi va madaniy yaqinligi ruhi yangi kompaniyada - Qozog‘istonning progressiv qurilishi g‘oyalari va o‘zbek xalqining ko‘p asrlik madaniyati eng yaxshi me’moriy an’analarining boy tajribasini amalga tadbiq etish uchun birlashtirilgan.

Qulaylik
va servis

Biz yashash uchun qulay makon yaratamiz, 24/7 g‘amxo‘r xizmat taqdim etamiz va maishiy masalalarda ko‘makni kafolatlaymiz.

Qurilishda
innovatsiyalar

Biz ilg‘or qurilish tajribasini mujassamlashtirganmiz, uy-joy binolarini barpo etishning barcha bosqichlarida innovatsiyalar va smart-texnologiyalarga alohida urg‘u beramiz.